Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rabyo Modrich haqida o‘z fikrlarini bildirdi

Rabyo Modrich haqida o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

"Milan" yarim himoyachisi Adrien Rabyo jamoadoshi Luka Modrichga qoyil qolganini aytdi. Fransiyalik futbolchi joriy mavsumda birga to‘p tepayotgan xorvatiyalik xavbek haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"U oddiy inson va futbolni yosh boladek yaxshi ko‘radi. U bilan yarim himoyada birinchi kundanoq o‘zimni juda qulay his qildim, chunki u yuqori darajadagi mahorat va maydonni ko‘rish qobiliyatiga ega. Shuningdek, to‘pni olib qo‘yish, yugurish va kerak bo‘lganda hujumda qat’iy harakat qilishda katta hissa qo‘shadi.

U 40 yoshida ham har kuni o‘ynash istagi bilan meni hayratga soladigan ajoyib futbolchi. Men unga juda qoyil qolaman: umid qilamanki, uning yoshida ham menda shunday ishtiyoq saqlanib qoladi," - deya Rabyoning so‘zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.

Kiritildi: 23:04, 27.11.2025.
O'qildi: 873 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик