Kirish Ro'yxatdan o'tish

Maldini qishda "Atalanta"dan ketishi mumkin

Maldini qishda "Atalanta"dan ketishi mumkin

Baho:
+ | -

"Atalanta"ning hujumkor yarim himoyachisi Daniele Maldini qishdayoq klubini o‘zgartirishi mumkin.

Bergamo klubi 24 yoshli italiyalikni 2025 yilning fevral oyi boshida "Monsa"dan 13 mln yevroga sotib olgandi. O‘shanda pleymeyker 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan shartnomani imzolagandi.

2024/25 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida Maldini "Atalanta" safida 11 ta o‘yinda 3 ta gol urdi, joriy mavsumda esa 8 ta bahsda samarali harakatlari bilan o‘zini ko‘rsatmadi.

Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, Daniele 2026 yilning yanvar oyidayoq Bergamo klubini tark etishi mumkin. Ehtimoliy transfer shartlari hozircha ma’lum qilinmagan.

Kiritildi: 23:21, 27.11.2025.
O'qildi: 933 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик