Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Fenerbaxche" Tedesko bilan ketma-ket 11 o‘yinda yutqazmayapti

"Fenerbaxche" Tedesko bilan ketma-ket 11 o‘yinda yutqazmayapti

Baho:
+ | -

"Fenerbaxche" Tedesko qo‘l ostida ikki oydan beri yutqazmayapti.

Domeniko Tedesko boshchiligidagi "Fenerbaxche" ketma-ket 11 o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadi.

Bugun turk klubi Yevropa Ligasi doirasida o‘z maydonida "Ferensvarosh" (1:1) bilan durang o‘ynadi.

Belgiya terma jamoasi sobiq murabbiyi boshchiligidagi "Fenerbaxche"ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 24 sentyabrdan buyon davom etmoqda. Bu davrda jamoa 8 ta g‘alaba va 3 ta durang qayd etdi.

Keyingi turda Turkiya chempionatida 2-o‘rinda borayotgan "Fenerbaxche" o‘zidan bir ochko ko‘p jamg‘argan "Galatasaroy"ni qabul qiladi. O‘yin 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 08:07, 28.11.2025.
O'qildi: 650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик