"Real" vingeri Franko Mastantuono to‘liq sog‘ayib, La Liga 14-turidan o‘rin olgan "Jirona"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishga tayyor. Uchrashuv 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
18 yoshli argentinalik endi pubalgiya - chov sohasidagi surunkali shikastlanish alomatlarini sezmayapti.
Joriy mavsumda Mastantuono 9ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urgan.













