Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sakki: "Konte va Gasperini - o‘z ishining ustalari"

Sakki: "Konte va Gasperini - o‘z ishining ustalari"

Baho:
+ | -

Arrigo Sakki "Napoli" - "Roma" uchrashuvi oldidan Antonio Konte va Jan Pyero Gasperini haqida gapirdi. Jamoalar bugun A Seriyaning 13-turida maydonga tushadi.

"Men murabbiylarni yaxshi bilaman, ular futbolni xuddi shunday ko‘rishadi: yuqori intensivlik, ajoyib dinamika va detallarga sinchkovlik bilan e’tibor berishadi.

Ehtimol, haqiqat mening adashganimni isbotlar, bu birinchi marta bo‘lmaydi, ammo ishonchim komilki, o‘yin shunday ssenariy bo‘yicha rivojlanadi.

Konte va Gasperini tom ma’noda o‘z kasbining ustalari. Kerak bo‘lganda o‘rgatadi, tushuntiradi, tuzatadi, rag‘batlantiradi, kerak bo‘lganda urishadi.

Tan olaman, ularning jamoalarini kuzatar ekanman, ularda ko‘pincha o‘zimni ko‘raman", - deydi "Milan," "Real" va boshqa klublar sobiq ustozi Sakki.

Kiritildi: 15:20, 30.11.2025.
O'qildi: 257 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик