Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Rodrigo "Real" tarixidagi eng yomon golsiz seriyani takrorladi

Rodrigo "Real" tarixidagi eng yomon golsiz seriyani takrorladi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi futbolchisi Rodrigo golsiz seriyasini uzaytirdi. Braziliyalik futbolchi La Liganing "Jirona"ga qarshi o‘yinida 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi, ammo "qaymoqranglilar"ga g‘alabani ilib ketishda yordam bera olmadi (1:1).

E’tiborlisi, 24 yoshli futbolchi "Real" safida ketma-ket 30 o‘yindan buyon gol ura olmayapti - bu hujumchilar orasida klub tarixidagi eng yomon golsiz seriyani takrorlashdir, deb xabar beradi MisterChip. Ilgari antirekord faqat Mariano Diasga tegishli edi.

Ta’kidlash kerakki, Rodrigo 30 o‘yinning barchasida ham asosiy tarkibda maydonga tushmadi, bu esa, albatta, gollarga ta’sir ko‘rsatdi. Hujumchi "Real"dagi so‘nggi golini mart oyida Chempionlar ligasida "Atletiko"ga qarshi o‘yinda nishonlagan edi.

Kiritildi: 08:57, 01.12.2025.
O'qildi: 1386 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик