Kirish Ro'yxatdan o'tish

Starridj "Chelsi"ning "Arsenal"ga qarshi namoyish etgan o‘yinini e’tirof etdi

Starridj "Chelsi"ning "Arsenal"ga qarshi namoyish etgan o‘yinini e’tirof etdi

Baho:
+ | -

"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Daniel Starrij jamoaning "Arsenal"ga (1:1) qarshi o‘yindagi harakatlari haqida qanday fikrda ekanini aytdi.

"Ko‘klar" o‘z maydonida "kanonirlar" bilan ochko bo‘lishdi. Ular 38-daqiqadayoq Moyses Kaysedoning chetlatilishi tufayli maydonda bir kishi kam bo‘lib qolishgandi.

"Chelsi" deyarli 60 daqiqa 10 kishi bo‘lib o‘ynadi, ammo juda yaxshi himoyalandi. Jamoa o‘z vazifasini bajardi. Ajoyib o‘yin. "Chelsi" futbolchilari o‘z o‘yinlaridan mamnun bo‘lishlari mumkin," - dedi Starrij Sky Sports telekanali efirida.

Premyer-liga turnir jadvalida Enso Mareska jamoasi 24 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda, undan yuqorida "Manchester Siti" (25) va "Arsenal" (30) joylashgan.

Kiritildi: 12:40, 01.12.2025.
O'qildi: 901 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик