Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lamin Yamal: «Men o‘z yo‘limdan ketmoqchiman»

Lamin Yamal: «Men o‘z yo‘limdan ketmoqchiman»

Baho:
+ | -

"Barselona" yosh yulduzi Lamin Yamal o‘zini Lionel Messi bilan taqqoslanishiga munosabat bildirdi.

"Menimcha, Lionel Messi barcha zamonlarning eng buyuk futbolchisi, lekin u mening ham yaxshi o‘yinchi ekanligimni biladi. Agar bir-birimizga qarshi o‘ynasak, o‘rtamizda o‘zaro hurmat bo‘ladi. U shuni biladiki, men unga o‘xshashga, u kabi o‘ynashga yoki uning 10-raqamini kiyishga urinmayman. Men o‘z yo‘limdan bormoqchiman," - deb aytdi Yamal CBS telekanaliga.

La Liganing o‘tgan turi yakunlariga ko‘ra, "Barselona" Ispaniya chempionati turnir jadvalida "Real"ni ortda qoldirib, birinchi o‘ringa ko‘tarildi. 2 dekabr, seshanba kuni Xans-Diter Flik jamoasi "Atletiko"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 17:55, 01.12.2025.
O'qildi: 856 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик