Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Slot - Saloh haqida: "Albatta, o‘yinchi o‘ynamasa, norozi bo‘ladi"

Slot - Saloh haqida: "Albatta, o‘yinchi o‘ynamasa, norozi bo‘ladi"

Baho:
+ | -

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot APL 13-turidan o‘rin olgan "Vest Hem"ga qarshi o‘yinda futbolchini zaxirada qoldirishga qaror qilganidan keyin jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh haqida gapirdi.

"Albatta, futbolchi o‘ynamasa norozi bo‘ladi. Aytishim mumkinki, u asosiy tarkibda maydonga tushmaganidan norozi bo‘lgan yagona futbolchi emasdi. Bu normal holat, lekin u o‘zini professionaldan kutganingizdek tutdi. U jamoadoshlarini juda qo‘llab-quvvatladi, kun davomida va kecha mashg‘ulotlarda o‘zini juda yaxshi tutdi. Har uch kunda o‘ynashga va bunday yuqori darajada o‘ynashga tayyor futbolchi bo‘lish mumkin emas, agar hissiyotlarga berilib ketilsa. U juda intizomli, formada qolish uchun nima qilish kerakligini biladi va u yaxshi yoki yomon o‘ynashidan qat’i nazar, har doim eng yuqori darajadagi professional bo‘lib qoladi", - deya Slotning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Joriy mavsumda futbolchi klub safida barcha musobaqalarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:50, 02.12.2025.
O'qildi: 533 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик