Kirish Ro'yxatdan o'tish

Upamekano shartnomani uzaytirishga yaqinlashmoqda, ammo "Bavariya" baribir bozorga chiqmoqda

Upamekano shartnomani uzaytirishga yaqinlashmoqda, ammo "Bavariya" baribir bozorga chiqmoqda

Baho:
+ | -

Himoyachi Dayo Upamekano so‘nggi haftalarda "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirish borasida ijobiy muzokaralar olib bordi. 27 yoshli futbolchi myunxenliklar bilan mehnat shartnomasini uzaytirishi kutilmoqda. Bu haqda BBC Sport xabar bermoqda.

Shu bilan birga, manba "Bavariya" Upamekano bilan shartnomani muvaffaqiyatli uzaytirgan taqdirda ham markaziy himoyachilar bozorida qolishini ta’kidlamoqda. Ko‘rinib turibdiki, myunxenliklar bu pozisiyani kuchaytirmoqchi.

Amaldagi shartnoma Upamekanoni 2025/26 yilgi mavsum yakuniga qadar "Bavariya" bilan bog‘lab turadi. Nufuzli Transfermarkt portali futbolchini 60 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 21:51, 02.12.2025.
O'qildi: 536 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик