Kirish Ro'yxatdan o'tish

APL. "Tottenxem" "Nyukasl" bilan o‘yinda bazor durangga erishdi

APL. "Tottenxem" "Nyukasl" bilan o‘yinda bazor durangga erishdi

Baho:
+ | -

"Nyukasl" Angliya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan "Tottenxem"ga qarshi bahsda durang qayd etdi - 2:2.

Birinchi bo‘limda gol urilmadi. Uchrashuvning 71-daqiqasida "qarg‘alar" yarim himoyachisi Bruno Gimarayns hisobni ochdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib, mehmonlar javob to‘pini kiritishdi - himoyachi Kristian Romero gol urdi. O‘yinning asosiy vaqti yakunida "shporlar" darvozasiga penalti belgilandi, uni Antoni Gordon golga aylantirdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Romero qaychi uslubida zarba yo‘llab, dubl qayd etdi va londonliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

"Tottenxem" ochkolarini 19taga yetkazib, 11-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, "Nyukasl" qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha "shporlar"dan ortda qolib, 13-pog‘onaga joylashgan.

APL. 14-tur

3 dekabr, 01:15

Nyukasl - Tottenxem - 2:2

Gollar: Gimarayns, 71 (1:0). Romero, 78 (1:1). Gordon, 86 - penaltidan (2:1). Romero, 90+5 (2:2)

Nyukasl Yunayted: Ramsdeyl, Tshau, Bern, Xoll, Livramento, Tonali (Gimarayns, 46), Joelinton, Mayli (Sher, 90+3), Barns (Gordon, 66), Merfi (Elanga, 66), Voltemade

Tottenxem Xotspur: Vikario, Danso, Romero, Udodji, Porro, Bentankur, Bergvall (Simons, 77), Sarr (Grey, 87), Djonson (Risharlison, 77), Kudus (Odober, 87), Kolo Muani (Tel, 77)

Ogohlantirishlar: Romero, 23. Bentankur, 56. Risharlison, 86

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:27, 03.12.2025.
O'qildi: 508 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик