Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Otabek Narzullayev: "Endi Superligada qolish uchun kurashmaymiz, kuchli beshtalik uchun harakat qilamiz"

Otabek Narzullayev: "Endi Superligada qolish uchun kurashmaymiz, kuchli beshtalik uchun harakat qilamiz"

Baho:
+ | -

Superliga pley-off bosqichidan o‘rin olgan "Mash’al" – "Buxoro" uchrashuvi 0:0 hisobida yakun topdi va penaltilar seriyasida "Mash’al"ning qo‘li baland keldi (3:1).

O‘yindan so‘ng muborakliklar bosh murabbiyi Otabek Narzullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida fikrlaringiz...

- Hissiyotlarga boy o‘yin ko‘rdik deb o‘ylayman. Superligada qolish uchun oxirigacha kurash olib bordik. Vazifa bajarilgani bilan barcha muborakliklarni tabriklayman. Endi bemalol ta’tilga chiqsak bo‘ladi. Nasib qilsa, kelasi yil yanada kuchli bo‘lib qaytamiz.

- "Mash’al"ning yangi rejalari haqida...

- Hozir ta’tilga chiqamiz. Taqdirim nima bo‘lishini bilmayman, klub rahbariyati hal qiladi. Agar qoladigan bo‘lsam, yana jon-jahd bilan ishlashga tayyorman. Endi Superligada qolish uchun kurashmaymiz, kuchli beshtalik uchun harakat qilamiz. Bu yil og‘ir mavsumni o‘tkazdik. Balki byudjetimiz boshqa jamoalarga nisbatan ancha kamdir, lekin hech kim pulni o‘ylamadi. Hamma o‘z nomi uchun, klub uchun harakat qildi. Futbolchilarimiz xarakter ko‘rsata olishdi.

- Yil boshidagi rejalar qanday edi?

- Men mavsumni U-21 jamoasida boshlaganman. Keyinroq asosiy tarkibga o‘tkazishdi. Baribir maqsad yuqori bo‘lganidan xabarim bor. Hech kim pley-offda o‘ynaymiz demaydi. Endi bu futbol, peshonamizga shu yozilgan ekan. Eng muhimi, "Mash’al"ni Superligada saqlab qoldik. Hammasi niyatga va maqsadga bog‘liq. Kelasi yil ham yaxshi niyat bilan ishga kirishamiz deb o‘ylayman.

- "Mash’al" bu yil Superligada eng ko‘p gol o‘tkazgan jamoa bo‘ldi. Agar jamoada qolsangiz, nimalarni o‘zgartirasiz?

- Har bir murabbiy mavjud tarkibdan kelib chiqqan holda yaxshi o‘yin ko‘rsatsam deydi. Endi o‘zgartiraman desangiz ish ko‘p va har biriga to‘xtalish uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Qo‘l ostimdagi jamoa hujumkor futbol ko‘rsatishini xohlayman.

- Jamoani yoshartirish bo‘yicha qanday ish olib boriladi?

- Har bir futbolchini saqlab qolishga harakat qilamiz. Har bir chiziqqa ikki nafardan futbolchi yig‘moqchimiz. Albatta, yoshlarga alohida e’tibor bo‘ladi. Faqat hozirdan men tarkibimiz shunaqa ko‘rinishda bo‘ladi deb ayta olmayman. Chunki mavsum endi tugadi va o‘zim bilan ham nima bo‘lishini bilmayman. Jamoani qabul qilib olayotganimda rahbariyat Superligada olib qolish vazifasini qo‘ygandi. Vazifani bajardik va buyog‘i nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.

Manba: https://t.me/Mashal_uzbekistan
Kiritildi: 20:26, 05.12.2025.
O'qildi: 954 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.