Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"Kristal Pelas" bosh murabbiyi jamoaning yetakchi himoyachisida jarohat borligini aytdi

"Kristal Pelas" bosh murabbiyi jamoaning yetakchi himoyachisida jarohat borligini aytdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi 15-turida "Kristal Pelas" ayni daqiqalarda "Fulxem" mehmoni bo‘lmoqda (0:0 - birinchi bo‘lim).

"Burgutlar" bosh murabbiyi Oliver Glasner ushbu o‘yinda jamoa qaydnomasiga kiritilmagan o‘ng qanot himoyachisi Daniel Munyos haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Uning tizzasida muammo bor. Unga dam kerak, shuning uchun u o‘ynamaydi. Tavakkal qilmaymiz. Umid qilamizki, u "Manchester Siti"ga qarshi o‘yingacha safga qaytadi," - dedi Glasner Sky Sports nashriga o‘yindan oldi.

"Byornli"ga qarshi o‘tgan o‘yinda aynan Munyosning goli "Kristal Pelas"ga 1:0 hisobidagi g‘alabani keltirgandi.

"Manchester Siti"ga qarshi "Kristal Pelas" bir haftadan so‘ng - 14 dekabr kuni maydonga tushadi.

Kiritildi: 21:49, 07.12.2025.
O'qildi: 1030 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик