Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Alonso: "Real"dagi vaziyat og‘riqli"

Alonso: "Real"dagi vaziyat og‘riqli"

Baho:
+ | -

"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso "Selta" bilan o‘yinda ochko yo‘qotish hal qiluvchi ahamiyatga ega emas, deb hisoblamoqda.

Yakshanba kuni "Real" La Liganing 15-turida o‘z maydonida 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va turnir jadvalida "Barselona"dan 4 ochko ortda bormoqda.

"Hamma birlashib, bu futbol ekanini tushunib yetdi, albatta. Talablar qandayligini bilamiz, mag‘lubiyatlar juda og‘riqli, ammo kelajakka qarashimiz kerak.

Bu har birimizning mas’uliyatimiz, barchamiz o‘z ishimizni to‘g‘ri bajarishga harakat qilishimiz kerak. Yo‘qotilgan ochkolar muhimligini bilamiz, ammo bu hal qiluvchi ahamiyatga ega emas.

Hozirgi vaziyat, albatta, og‘riqli, ammo biz bu klub talab qiladigan yuqori standartlarga rioya qilgan holda kelajakka qarashimiz kerak", - dedi Alonso.

Kiritildi: 14:53, 08.12.2025.
O'qildi: 1227 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик