Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Abdurahmon Komilov: «Tayyorgarligimiz juda yaxshi ketyapti»

Abdurahmon Komilov: «Tayyorgarligimiz juda yaxshi ketyapti»

Baho:
+ | -

«Andijon» klubi uchun hali mavsum yakunlangani yo‘q. Yaxshi bilasiz, oldinda «Burgutlar»ni OCHL 2 doirasida Qatarda «Al-Ahli»ga qarshi muhim bellashuv kutib turibdi.

Jamoa Toshkentda astoydil mashg‘ulotlarga kirishdi. Jamoaning iqtidorli futbolchidan biri Abdurahmon Komilov ham astoydil shug‘ullanmoqda.

Aytish kerakki, u chempionatning so‘nggi turida «Bunyodkor»ga qarshi g‘alaba qozongan uchrashuvimizda ham yaxshi taassurot qoldirdi. Futbolchi klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— «Andijon» chempionatning so‘nggi o‘yinida Toshkentda «Bunyodkor»ni taslim qilish orqali Superligada to‘g‘ridan-to‘g‘ri qoldi va pley-offni chetlab o‘tdi. Ushbu o‘yindagi g‘alabadan keyin katta mas’uliyat bajarildi va o‘zingiz qanday his etdingiz?

— Assalomu alaykum! Oxirgi turdagi uchrashuvda barchasi o‘z qo‘limizda edi. Xudoga shukurki, bizga berilgan vazifani bajardik. O‘sha o‘yinda g‘alaba qozondik va pley-offga qolmadik. Ushbu vazifani bajarganimizdan juda xursandmiz.

— Endi oldinda jamoamizni Qatarda «Al-Ahli»ga qarshi juda muhim o‘yin kutmoqda. Bu uchrashuvda ham «Andijon»ni faqat g‘alaba qoniqtiradi. Bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlik qanday olib borilmoqda?

— Bu uchrashuvga kelsak, hammamiz tushunib turibmizki, g‘alaba qozonsak guruhdan chiqamiz, Xudo xohlasa. Yana bir tarixni yaratamiz. Tayyorgarligimiz juda yaxshi ketyapti. Nasib bo‘lsa, ushbu uchrashuvda ham g‘alaba qozonib, barcha muxlislarimizni xursand qilamiz.

— Ma’lumki, o‘yin 24 dekabrda bo‘ladi. Ungacha vaqt bor. Oraliq muddatning biroz kattaligi biz uchun yaxshimi?

— Bizda chempionat tugadi. Oraliq esa biroz katta. Lekin biz hozirda yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Oldimizda o‘rtoqlik uchrashuvlari bor. Nasib bo‘lsa, hammasi yaxshilikka. Muhimi, 24 dekabr kuni g‘alaba qozonishimiz zarur.

— Jamoamizga Samvel Babayan bosh murabbiy etib tayinlandi va uning debyuti aynan OCHL 2 bahsiga to‘g‘ri keladi. Yangi murabbiy bilan ishlash jarayoni siz uchun qanday kechmoqda?

— Murabbiy bilan hammasi yaxshi ketyapti. Berilayotgan ko‘rsatmalarini bajarib, yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Nasib qilsa, ushbu uchrashuvda g‘alaba qozonamiz.

— Shuningdek, yangi mavsumda jamoaning rejalari va maqsadlari katta. Shuni hisobga olganda, yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?

— Ha, to‘g‘ri aytasiz. Yangi mavsumga rejalar katta. Yuqori o‘rinlarni egallash maqsadi qo‘yildi. Shu sababli «Andijon» muxlislarini xursand qilib, sovrinli o‘rinlarni egallashga harakat qilamiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 22:48, 08.12.2025.
O'qildi: 1365 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.