"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand muxlislarning jamoa sardori Brunu Fernandesh jamoa uchun muammo ekani haqidagi fikrlari ustidan kuldi.
"Brunu - bu muammo" - deb yozdi Ferdinand mankunianliklarning "Vulverxempton"ga qarshi APL o‘yinidan (4:1) keyin. Bahsda Brunu ikkita gol va 1 ta golli uzatma berdi.
Fernandesh bu mavsumda APLda 15 ta o‘yinda 4 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.













