Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova Anjeda WTA 125 chempioniga aylandi

O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova Anjeda WTA 125 chempioniga aylandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi vakili Kamilla Rahimova Fransiyaning Anje shahrida yakunlangan WTA 125 Open Angers Arena Loire turnirida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi final uchrashuvida Kamilla germaniyalik Tatyana Korpachni 6–3, 7–6(4) hisobida mag‘lub etdi.

Finalning ilk daqiqalaridanoq Rahimova kortda barqarorlik va tajovuzkor o‘yin namoyish qildi. Birinchi setda u tezda ustunlikni qo‘lga olib, 6–3 hisobida g‘alabaga erishdi. Ikkinchi setda teng kurash kuzatildi, ammo Kamilla asosiy vaziyatlarda sovuqqonlikni saqlab, tay-breykda 7–6(4) hisobida ustun keldi.

Kamillaning chempionlik sari yo‘lida turnirning ikkinchi raqamli tennischisi — xorvatiyalik Ana Rujich ustidan qozongan 4–6, 6–3, 7–5 hisobidagi irodali yarim final g‘alabasi haftaning eng yorqin lahzalaridan biri bo‘ldi.

Anjedagi g‘alaba Rahimovaning WTA 125 darajasidagi joriy mavsumdagi ilk chempionligi bo‘lib, uning O‘zbekiston bayrog‘i ostida o‘tkazgan muvaffaqiyatli startning muhim bosqichiga aylandi.

O‘zbekiston tennis federasiyasi Kamilla Rahimovani yorqin g‘alaba bilan tabriklaydi va kelgusi turnirlarda omad tilab qoladi.

O‘zbekiston tennis federasiyasi matbuot xizmati

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:24, 09.12.2025.
O'qildi: 582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик