Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

"Barselona" ter Shtegen yana o‘yinlarda ishtirok etishga 100 foiz tayyorligini e’lon qildi

"Barselona" ter Shtegen yana o‘yinlarda ishtirok etishga 100 foiz tayyorligini e’lon qildi

Baho:
+ | -

"Barselona" klubi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, asosiy jamoa darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytgan. 33 yoshli germaniyalik darvozabon belidagi muammo tufayli mavsum boshini o‘tkazib yubordi.

Avvalroq, taniqli insayder Fabrisio Romano ter Shtegenga qishki transferlar oynasi arafasida bir necha klublar qiziqish bildirayotgani va so‘nggi vaqtlarda bu qiziqish ortib borayotgani haqida xabar bergandi.

Futbolchining "Barselona" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Kataloniyaliklar bugungi kunda Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa o‘tkazilgan 16 ta o‘yinda 40 ochko to‘plagan.

Kiritildi: 17:44, 09.12.2025.
O'qildi: 640 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.