Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

50 yoshli Oksana Chusovitina 2028-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmoqchi

50 yoshli Oksana Chusovitina 2028-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmoqchi

Baho:
+ | -

1992-yilgi Olimpiada chempioni, 50 yoshli o‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina 2028 yil Los-Anjelesda bo‘ladigan yozgi Olimpiya o‘yinlari saralashida ishtirok etishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Sportchi bu haqda TASS axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Bu yil Jahon chempionatiga (Jakarta) borishni rejalashtirganim yo‘q edi. To‘rtala snaryad bo‘yicha yangi dasturlarni tayyorlash uchun bir oz tanaffus qilishga qaror qildim. Hozir faqat mashg‘ulotlarga e’tibor qaratmoqchiman, musobaqalarga chalg‘imoqchi emasman. Asosiy maqsadim — Los-Anjeles yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish. Shu sababdan saralash bosqichi uchun tinchgina tayyorgarlik ko‘rishni maqsad qilganman”, dedi Chusovitina TASS bilan suhbatda.

Oksana Chusovitina tarixda sakkiz marotaba Olimpiadada qatnashgan yagona gimnastikachi bo‘lib, 1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016 va 2020-yilgi o‘yinlarda ishtirok etgan. Chusovitina faoliyati davomida Olimpiada oltin medali, 3 karra Jahon chempionatining g‘olibi, shuningdek, Yevropa va Osiyo o‘yinlari g‘olibligini qo‘lga kiritgan. U turli yillarda SSSR, Germaniya va O‘zbekiston terma jamoalari sharafini himoya qilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:54, 10.12.2025.
O'qildi: 1083 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.