Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Belgiyaga qarshi o‘ynaydimi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Belgiyaga qarshi o‘ynaydimi?

Baho:
+ | -

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasining Belgiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi haqida xabarlar tarqaldi. “Daryo” manbasiga ko‘ra, ushbu uchrashuvni tashkil etish bo‘yicha muzokara olib borilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yil mart oyidagi yig‘inlari uchun raqib izlash ishlari davom etmoqda va Jahon chempionatidagi raqiblar — Portugaliya hamda Kolumbiya darajasidagi jamoalar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Avvalroq, Kanada futbol assosiasiyasi O‘zbekiston bilan sparring o‘yini tashkil etish taklifi bilan chiqqani, Shimoliy Amerika jamoasi bu bahsni o‘tkazish uchun O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga 50 ming dollar taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, O‘zbekiston mart oyida Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkinligi haqida ham ma’lumotlar tarqalgan. Hatto O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Ravshan Ermatovning sobiq FIFA hakami, hozirda Portugaliya futbol federasiyasi prezidenti bo‘lib ishlayotgan Pedro Proensa bilan uchrashgani aytilgan edi.

Biroq, 5 dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tgan qur’ada O‘zbekiston va Portugaliya bir guruhdan joy oldi. Bu esa Jahon chempionati oldidan ikki jamoa o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilmasligini anglatadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichi uchrashuvlarini Meksika hamda AQSH maydonlarida o‘tkazishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, “oq bo‘rilar” ilk turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi, ikkinchi turda esa Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya bilan o‘ynaydi. Kannavaro jamoasi oxirgi turda Kongo/YAmayka/YAngi Kaledoniya o‘rtasidagi uchrashuvlar g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:58, 11.12.2025.
O'qildi: 1552 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.