Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

«Neftchi» yana yangi xorijlik murabbiylar jamoaga kelganini e’lon qildi (foto)

«Neftchi» yana yangi xorijlik murabbiylar jamoaga kelganini e’lon qildi (foto)

Baho:
+-1 | -

“Neftchi” jamoasi yangi mavsum oldidan tayyorgarlik jarayonini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida murabbiylar shtabini kengaytirish va kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda. Klub rahbariyati bilan hamkorlikda bir qator malakali mutaxassislar jamoaga taklif etilgani haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

«Avvalroq jamoaga Germaniyadan taklif etilgan mutaxassis bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat boshlagan edi. Bu — Yevropa maktabining zamonaviy yondashuvlarini jamoamizga olib kirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Bugundan e’tiboran esa Qozog‘istonda 4 karra chempion bo‘lgan, katta tajribaga ega mutaxassis Vitaliy Galat “Neftchi”ning darvozabonlar murabbiyi sifatida ish yuritishni boshladi. Galat o‘z faoliyati davomida ko‘plab iqtidorli darvozabonlarni tayyorlagan, sovrinli o‘yinlarda ishonchli o‘yin ko‘rsatishga o‘rgatgan, metodikasi esa Markaziy Osiyo futbolida yuqori baholangan. Uning tajribasi darvozabonlarimizning texnik va taktik jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishida muhim omil bo‘ladi.

Shu bilan birga, jamoamizning jismoniy tayyorgarlik darajasini yevropacha standartlarga moslashtirish maqsadida gresiyalik mutaxassis Antonio Sario‘g‘lu bilan shartnoma imzolandi. Antonio 2018–2019 yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasida mashhur murabbiy Ektor Kuperning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan. U terma jamoa futbolchilarining chidamlilik, tezlik, kuch va tiklanish jarayonlarini ilmiy yondashuv asosida shakllantirgan mutaxassis sifatida tanilgan.
Klub rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan bu o‘zgarishlar jamoaning yangi mavsumdagi maqsadlari bilan uyg‘un keladi — “Neftchi” kuchli, intizomli va zamonaviy futbol o‘ynaydigan jamoani shakllantirmoqda.

Yangi mutaxassislarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha yuksak natijalar va muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ularning kelishi jamoamizning bosh murabbiyi Islombek Ismoilovga  yordamchi murabbiylar sifatida professional rivoji, sport natijalari va yangi mavsumdagi ambisiyalariga albatta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi», - deyiladi klub bayonotida.

Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати
Kiritildi: 22:21, 11.12.2025.
O'qildi: 4042 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.