Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» yuristlari «Negreyra ishi» bo‘yicha Laportani so‘roq qilishdi

«Real» yuristlari «Negreyra ishi» bo‘yicha Laportani so‘roq qilishdi

Baho:
+ | -2

«Negreyraning ishi» bo‘yicha xususiy ayblovchi sifatida ishtirok etayotgan Madridning "Real" klubi yuristlari 12 dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida "Barselona" prezidenti Joan Laportani so‘roq qilishdi. Bu haqda AS xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" huquqshunoslari Laportadan Sudyalar texnik qo‘mitasi (CTA) sobiq vise-prezidenti Xose Mariya Negreyra uchun to‘lovlarning 800 foizga oshirilishi sabablari, Negreyraning o‘g‘li "ko‘k-anorranglilar" uchun hakamlar hisobotlarini tayyorlashda ishtirok etgani haqida so‘rashgan. Bundan tashqari, "Real" yuristlarini "Barselona" nima uchun to‘lovlarni soliq organlaridan yashirgani va ularning asl kelib chiqishi qiziqtirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda "ko‘k-anorranglilar" Ispaniya Qirollik futbol federasiyasida (RFEF) ishlagan Negreyraga pora berishda ayblangan edi. "Barselona" 2001 yildan 2018 yilgacha taxminan 8,4 million yevro miqdorida ko‘rsatilgan to‘lovlarni amalga oshirganlikda ayblangan.

Kiritildi: 13:12, 13.12.2025.
O'qildi: 1551 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик