"Real" vingeri Rodrigo La Ligada mavsumdagi ilk golini urdi.
Braziliyalik futbolchi Ispaniya chempionatining 16-turidan o‘rin olgan "Alaves"ga (2:1) qarshi o‘yinning 76-daqiqasida gol urdi. Golli uzatmani Vinisius Junior amalga oshirdi.
Avvalgi o‘yinda - Chempionlar ligasi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda (1:2) ham Rodrigo gol urgandi. Bungacha vinger "Real" safida 4 martdan buyon - 32 o‘yinda gol ura olmayotgandi.













