Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Rossiyalik ekspert: «Husanov «iqtidorsiz»

Rossiyalik ekspert: «Husanov «iqtidorsiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Rossiyalik mutaxassis Vladimir Mansev O‘zbekiston terma jamoasi va "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanovning imkoniyatlarini baholadi, deb yozadi Sports.kz "Myach Show" YouTube-kanaliga tayanib.

«Quloq soling, u juda super iste’dodli himoyachi, ammo, afsuski, hozircha "Manchester Siti" unga unchalik mos kelmayapti. U "Lans"da o‘ynab, ma’lum yutuqlarga erishgan, ammo "Manchester Siti"ga kelganingda bosim eng yuqori darajada bo‘ladi.

Gvardiola uni markaziy himoyachi sifatida sinab ko‘rdi va u hozircha bu vazifani bajara olmayotganini tushundi. Qanot himoyachisi sifatida ham ko‘rib chiqdi — oldingi harakatlarda ijodkorlik yetishmaydi. Tezligi bor, albatta. Vinisiusni quvib yetgan epizodni eslaysiz. Ammo "Manchester Siti"da o‘ynash uchun maydondagi fikrlash, ya’ni "bosh bilan o‘ynash" yetishmayapti. Chunki u yerda aqlli futbol o‘ynaydiganlar jamlangan.

Rostini aytsam, men uni "o‘rtacha" yoki “iste’dodsiz” toifasiga qo‘yish haqida o‘yladim. Lekin mening yaqin do‘stim O‘zbekiston fuqarosi, shuning uchun "iqtidorsiz" degan toifaga qo‘ysam, barcha o‘zbeklar menga qarshi chiqadi. Rostdan ham, meni "sochib tashlashga" tayyor bo‘lishadi. Ammo baribir men ko‘proq “iste’dodsiz” degan fikrga moyilman.

Do‘stlar, hammasi yaxshi bo‘ladi. Lekin, afsuski, u "iqtidorsiz" toifasiga tushadi», - dedi Mansev.

Eslatib o‘tamiz, Husanov "Manchester Siti" safiga shu yilning yanvar oyida Fransiyaning "Lans" klubidan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum "shaharliklar" safida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Kiritildi: 12:48, 16.12.2025.
O'qildi: 4848 marta.
Fikrlar: 44 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик