Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Umar Kremlyov: Halokov bilan bog‘liq vaziyat IBA nazorati ostida

Umar Kremlyov: Halokov bilan bog‘liq vaziyat IBA nazorati ostida

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov jahon chempionati finalida yuz bergan mojaroli holat — quloq tishlash epizodi bo‘yicha tashkilotning tibbiy va intizomiy komissiyalari masalani ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.

Dushanba kuni Rossiya terma jamoasi Dubayda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatidan Moskvaga qaytib keldi. 60 kilogrammgacha vazn toifasida rossiyalik bokschi Vsevolod Shumkov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Final jangida u 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, o‘zbekistonlik Abdumalik Halokovni mag‘lub etdi. Jang davomida Shumkov raqibining qulog‘ini tishlab olgani bilan bog‘liq holat qayd etilgan.

“Halokov hamda Shumkov o‘rtasidagi jang bilan bog‘liq vaziyat IBA nazorati ostida. Ushbu holatni mas’ul shaxslar, tibbiy va intizomiy komissiyalar ko‘rib chiqadi. Barchani turli xil xulosalardan tiyilishga, aql va professionallik bilan qaror qabul qilishga chaqiraman. Komissiyalar barcha zarur choralarni ko‘radi va ikki tomon bilan muhokamadan so‘ng IBA aniq qarorini e’lon qiladi.

Avvalo sportchilarni, sportimizni va bir-birimizni hurmat qilishni tavsiya etaman. Qanday qaror qabul qilinishidan qat’i nazar, hammasi o‘z o‘rniga tushadi. Ta’kidlayman — qaror xolis va adolatli bo‘ladi”, — deydi Kremlyov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli Vsevolod Shumkov 2024-yilda Belgradda o‘tgan Yevropa chempioni, shuningdek, 2023-yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining bronza sovrindori hisoblanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:41, 17.12.2025.
O'qildi: 4121 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик