Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

"Milan" Fyullkrugni ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga yaqin turibdi

"Milan" Fyullkrugni ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

"Milan" "Vest Xem" hujumchisi Niklas Fyullkrug transferi bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, yakuniy tafsilotlar hali kelishilmagan, klublar kelishuvga erishish uchun muzokaralar olib bormoqda. Bir necha kun oldin Fyullkrug "Milan"ga o‘tishga rozilik bergandi. Transfer sotib olish huquqi bilan ijara formatida rejalashtirilgan, bunda opsiya majburiy bo‘lmaydi. Mumkin bo‘lgan sotib olish miqdori 14-15 million yevrodan kam.

Joriy mavsumda germaniyalik hujumchi barcha musobaqalarda to‘qqizta o‘yinda maydonga tushdi va ularda gol ura olmadi. Umumiy hisobda Fyullkrug 413 daqiqa harakat qildi. Futbolchining "Vest Xem" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 8 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 09:14, 20.12.2025.
O'qildi: 384 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик