Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Tyerri Anri faoliyati davomida erishgan yutuqlari uchun maxsus mukofot bilan taqdirlandi

Tyerri Anri faoliyati davomida erishgan yutuqlari uchun maxsus mukofot bilan taqdirlandi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi va “Arsenal”ning sobiq futbolchisi Tyerri Anri 18 dekabr kuni faoliyati davomida erishgan yutuqlari uchun beriladigan Lifetime Achievement mukofoti bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimi BBC telekanali tomonidan tashkil etildi.

Mukofotni qabul qilib olar ekan, Anri avvalo sobiq jamoadoshlari va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u farzandlariga — Tee, Tristan, Tatiana va Gabiga murojaat qildi. Aynan ular Anriga ushbu mukofotni topshirishdi.

“Eng katta qo‘rquvim — yomon ota bo‘lib qolish. Men har doim ham yaxshi ota bo‘lmaganman. Bu mukofot meniki emas, sizniki. Siz meni tarbiyalayapsiz, jarohatlarimdan asraysiz, inson bo‘lish — zaif, ammo mehribon va hamdard bo‘lish nimani anglatishini ko‘rsatyapsiz. Shuning uchun menga mehribon bo‘lganingiz va borligingiz uchun rahmat”, dedi Anri.

BBC rahbariyati Anrining zamonaviy futbolchi tushunchasini qayta talqin qilganini, shuningdek, uning maydondagi iste’dodi, futbol tafakkuri va futbol rivojiga qo‘shgan hissasini alohida e’tirof etdi.

“Futbol menga hamma narsani berdi va men unga borimni bag‘ishladim. Ushbu mukofot orqali futbol tarixida e’tirof etilish, muxlislar va jamoadoshlar qalbida iz qoldirish — bu men hech qachon unutmaydigan lahza”, deydi sobiq futbolchi.

Tyerri Anri o‘z davrida dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lgan. Jahon va Yevropa chempioni, UYEFA Chempionlar Ligasi g‘olibi, shuningdek Fransiya, Angliya va Ispaniya chempionatlari g‘olibi hamda Konfederasiyalar kubogi sohibi hisoblanadi.

Faoliyati davomida hujumchi va qanot yarim himoyachisi pozisiyalarida to‘p tepgan. U “Monako”, “Yuventus”, “Arsenal”, “Barselona” va “Nyu-York Red Bulls” klublari safida o‘ynagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:21, 20.12.2025.
O'qildi: 661 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик