"Chelsi"ning sobiq himoyachisi Frank Lebef "Liverpul" hujumchisi Ugo Ekitikening o‘yini haqida o‘z fikrini bildirdi.
"Bu yigit boshidanoq ajoyib o‘ynardi. Men buni u fransuz bo‘lgani yoki menga forma bergani uchun emas, balki u rostan ham ajoyib bo‘lgani uchun aytyapman.
U hech qachon zaxiradan maydonga tushirilganidan shikoyat qilmagan. U har safar zaxiradan maydonga tushganida, eng yaxshi o‘yinchilardan biri bo‘lgan", dedi Lebef.













