Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Betis" klub rekordini takrorladi

"Betis" klub rekordini takrorladi

Baho:
+ | -

Ispaniyaning "Betis" klubi "Xetafe" darvozasiga 4 ta to‘p kiritib, yilni ajoyib tarzda yakunladi va Ispaniya chempionati turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ushbu g‘alaba sevilyaliklar uchun 2025 yilda klub ishtirok etgan barcha turnirlarni hisobga olgan holda taqvim yilining 29-g‘alabasi bo‘ldi.

Bunday ko‘rsatkich to‘rt yil avval, 2021 yilda o‘rnatilgan klub rekordining takrorlanishi bo‘ldi. Endi jamoani keyingi turda Madridda og‘ir imtihon kutmoqda - "Real"ga qarshi o‘yin. U to‘rtinchi yanvarda bo‘lib o‘tishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, "Betis" faqat bir marta - 1935 yilda, fuqarolar urushi boshlanishidan bir yil oldin Ispaniya chempioni bo‘lgandi.

Kiritildi: 12:08, 23.12.2025.
O'qildi: 389 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик