«Manchester Siti» futbolchisi Abduqodir Husanovning agenti G‘ayrat Hasbiullin o‘z mijozi uchun 2025 yil yakunlarini sarhisob qildi.
«Abduqodir uchun bu yilni juda yaxshi deb baholash mumkin: u Fransiya chempionatidan Angliya Premyer-ligasiga katta sakrash qildi. Futbolchi “Manchester” asosiy tarkibida o‘z o‘rnini topdi, O‘zbekiston terma jamoasi bilan jahon chempionatiga chiqdi. Hozir u muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda, bu esa yosh futbolchi uchun juda muhim», — deya Hasbiullinning so‘zlarini «Sovetskiy sport» keltiradi.
Husanov «Manchester Siti» safiga 2025 yil yanvar oyida qo‘shilib, 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. U klub va Angliya Premyer-ligasi tarixidagi ilk o‘zbek futbolchisiga aylandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, transfer summasi bonuslarsiz 40 million yevroni tashkil etgan.













