Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Granit Jaka Xabi Alonso bilan munosabatlarini esladi

Granit Jaka Xabi Alonso bilan munosabatlarini esladi

Baho:
+ | -

"Sanderlend" yarim himoyachisi Granit Jaka Xabi Alonso bilan "Bayer"da birga ishlagan vaqtlarini esladi.

Shveysariyalik futbolchi 2023/24 yilgi mavsumda "Bavariya" gegemonligini to‘xtatgan jamoaning muhim qismi edi. Joriy yilning yozida Alonso "dorishunoslar" safini tark etib, Madridning "Real" klubini qabul qilib oldi, ko‘p o‘tmay esa Jaka ham Leverkuzendan ketib, Angliyaga qaytdi.

"Har bir jamoada ego bor, ammo Alonso sen qanchalik nomdor futbolchi ekanliging, transfer narxi qancha ekani bilan hech qachon qiziqmagan. Uni faqat sen maydonda nima ko‘rsata olishing qiziqtirardi. U sening jamoa uchun qanday kurashayotganingni ko‘rishni xohlaydi. Agar sen buni qilsang va yaxshi mashq qilsang - u senga imkoniyat beradi. Bu meni Alonsoda eng ko‘p hayratga soladigan jihat," - deya 33 yoshli xavbekning so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.

Ispaniyalik mutaxassis ikki yarim yil davomida "Bayer"da ishlagan.

Kiritildi: 10:52, 24.12.2025.
O'qildi: 753 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик