Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

«Real» uchta asosiy transfer maqsadini belgilab oldi

«Real» uchta asosiy transfer maqsadini belgilab oldi

Baho:
+2 | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso tarkibni kelajakka mo‘ljallab kuchaytirish uchun ustuvor deb hisoblayotgan uch nafar futbolchini aniqladi, deb xabar berdi El Confidencial.

"Madrid" qishki transfer bozorida faol ish olib bormoqchi emas. Klub rahbariyati avvalroq yanvar oyida tarkibni kuchaytirmaslikka qaror qilgan, chunki mavjud futbolchilar qo‘yilgan vazifalarni bajarishga qodir, deb hisoblanmoqda. Shu bilan birga, jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoda o‘rta muddatli istiqbolda kuchaytirish talab etiladigan pozisiyalar bo‘yicha aniq tasavvur mavjud.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, mutaxassisning ro‘yxatida uch nafar futbolchi bor. Ulardan biri — «Liverpul»ning markaziy himoyachisi Ibraima Konate bo‘lib, uning shartnomasi yozda yakuniga yetadi. Klubda futbolchining yoshi, jismoniy ko‘rsatkichlari va yuqori darajadagi tajribasi inobatga olinmoqda.

Shuningdek, murabbiylar shtabi diqqat markazida «Shtutgart» yarim himoyachisi Angelo Shtiller ham bor. Biroq nemis xavbekining ehtimoliy transferi «Real» yarim himoyasidagi ehtimoliy o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liq. Hozircha bu variant ustuvor hisoblanmaydi va yaqin maqsad sifatida qaralmayapti.

Xabi Alonso yuqori baholaydigan uchinchi futbolchi — hujumkor yarim himoyachi Florian Virs. Murabbiy uni Germaniyada birga ishlagan davrlaridan yaxshi taniydi. Madrid klubida futbolchining salohiyati yuqori baholanmoqda va uning karyerasidagi hozirgi holatga qaramasdan, kelajakda qiziqish bildirilishi mumkinligi istisno qilinmayapti. Ayni paytda Virs «Liverpul» klubida to‘p surmoqda.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 18:24, 25.12.2025.
O'qildi: 7597 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.