Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Glasner "Kristal Pelas"ni tark etishi mumkin

Glasner "Kristal Pelas"ni tark etishi mumkin

Baho:
+ | -

"Kristal Pelas" bosh murabbiyi Oliver Glasner klub bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti.

Avstriyalikning "burgutlar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi, biroq mutaxassis kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqchi emas, deb xabar beradi nufuzli insayder Fabrisio Romano.

Oliver Glasner 2024 yilning fevralida "Kristal Pelas"ni qabul qilib olgandi. 51 yoshli murabbiy qo‘l ostida londonliklar Angliya kubogi va mamlakat Superkubogi g‘olibi bo‘lishdi. Ayni paytda jamoa Premyer-liga turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Angliyaga ko‘chib o‘tishdan oldin Glasner Frankfurtning "Ayntraxt" klubida ishlagan va u bilan Yevropa Ligasida g‘alaba qozongan.

Kiritildi: 04:10, 26.12.2025.
O'qildi: 734 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик