Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Nkunku Saudiya Arabistoni klublariga javob berdi

Nkunku Saudiya Arabistoni klublariga javob berdi

Baho:
+ | -

Fransiyalik hujumchi Kristofer Nkunku Saudiya Arabistoni chempionati klublari orasida xaridorgir. Bu haqda jurnalist Antonio Vitello xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, hujumchiga bir nechta takliflar bo‘lgan, biroq u rad javobini bergan. Ayni damda fransuz Yaqin Sharqdagi transferga qiziqish bildirmayapti. Kristofer faoliyatini milanliklar safida davom ettirmoqchi.

Nkunkuning transfer narxi 32 million yevroni tashkil etadi. U "rossonerilar" bilan 2030 yilning yarmigacha mo‘ljallangan shartnomaga ega.

Hujumchi joriy mavsum "Milan" safida 14 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Kiritildi: 14:35, 27.12.2025.
O'qildi: 788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик