Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

Endrik "Lion"da birorta ham o‘yin o‘tkazmasdan rekord o‘rnatdi

Endrik "Lion"da birorta ham o‘yin o‘tkazmasdan rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

"Lion" bilan "Real"dan ijara asosida shartnoma imzolagan braziliyalik hujumchi Endrik bir daqiqa ham o‘ynamay, klub tarixiga kirdi.

23 dekabr kuni "Lion" o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy akkaunti orqali Endrikning transferini e’lon qildi. Braziliyalik futbolchining transferiga bag‘ishlangan video muxlislarda katta qiziqish uyg‘otdi va ijtimoiy tarmoqlarda klub tarixidagi eng ko‘p ko‘rilgan videoga aylandi. Bu haqda The Touchline X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 27 dekabr tongida Endrik ishtirokidagi video 1,1 mln martadan ko‘proq ko‘rilgan va klub rekordini yangilagan.

Endrik "Lion" safidagi debyutini 3 yanvar kuni, jamoa "Monako" maydoniga safar qilganida o‘tkazishi mumkin.

Kiritildi: 15:06, 27.12.2025.
O'qildi: 2640 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик