Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Hartman - "Ayaks"ning asosiy maqsadlaridan biri

Hartman - "Ayaks"ning asosiy maqsadlaridan biri

Baho:
+ | -

"Byornli"ning chap qanot himoyachisi Kvilindsi Hartman Niderlandiyaning "Ayaks" klubining transfer maqsadiga aylandi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Ayaks" 24 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha allaqachon "Byornli" bilan bog‘langan. Qayd etilishicha, Hartman "Ayaks"ning yanvardagi transferlar oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Hartman joriy yilning yozida "Byornli" safiga kelib qo‘shilgandi. Jamoa tarkibida u Premyer-ligada 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hartmanning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining narxini 18 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 14:56, 28.12.2025.
O'qildi: 647 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик