"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Globe Soccer Award taqdirlash marosimida jahonning sobiq 1-raqamli serbiyalik Novak Jokovich haqida gapirdi.
"Men uchun u haqiqiy namuna, boshqa hech narsa aytishning hojati yo‘q. Bizning faoliyatimiz o‘xshash," - deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi RMC Sport.
Krishtianu Ronaldu yakshanba kuni Yaqin Sharqda 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, serbiyalik tennischi esa "Yilning eng yaxshi sportchisi" sovrinini qo‘lga kiritdi.













