Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Entoni Joshua YTHdan so‘ng shifoxonadan chiqdi

Entoni Joshua YTHdan so‘ng shifoxonadan chiqdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Super og‘ir vazn toifasida IBF, WBA, WBO va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha sobiq Jahon chempioni, britaniyalik bokschi Entoni Joshua Nigeriyada yuz bergan YTHdan so‘ng shifoxonadan chiqdi. U halokatli yo‘l-transport hodisasidan so‘ng Lagos shahridagi klinikaga joylashtirilgan edi.

Daily Mail nashrining Lagos va Ogun shtatlari rahbarlarining so‘zlariga tayanib xabar berishicha, Joshua uy sharoitida tiklanishni davom ettirishiga ruxsat berilgan. Shu bilan birga, manbada bokschining ikki yaqin do‘stidan ayrilgani sababli og‘ir ruhiy holatda ekani qayd etilgan.

Bokschiga yaqin manbaning ma’lum qilishicha, Entoni Joshua bir necha kun davomida Nigeriyada qoladi va sog‘ayish jarayonini uyda davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, avtohalokat 29 dekabr kuni Lagos—Ibadan avtomagistralida sodir bo‘lgan. Ichida Joshua bo‘lgan Lexus rusumli avtomobil yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan. YTH vaqtida Joshua avtomobilning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan.

Avtohalokat oqibatida Joshuaning kuch va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi Sina Gami vafot etgan. Ikkinchi qurbon esa britaniyalik bokschining shaxsiy murabbiyi Robert Las bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Entoni Joshua 1989 yil 15 oktyabr kuni Angliyaning Uotford shahrida nigeriyaliklar oilasida tug‘ilgan.

Professional boksning super og‘ir vazn toifasi vakili bo‘lgan 36 yoshli Joshua so‘nggi bor AQSHning Mayami shahrida bo‘lib o‘tgan jangda bloger Jeyk Polga qarshi ringga ko‘tarilgan.

Jang davomida WBA, IBF va WBO yo‘nalishlari sobiq chempioni raqibiga umuman imkoniyat qoldirmay, 6-raundda uni nokautga uchratgan.

36 yoshli Joshua professional ringda 29 ta g‘alabaga (26 tasi nokaut bilan) erishgan va to‘rt marta mag‘lubiyatga uchragan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:29, 01.01.2026.
O'qildi: 474 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.