Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Ryudiger imkoniyati cheklanganlar uchun ehson dasturxonini yozdi

Ryudiger imkoniyati cheklanganlar uchun ehson dasturxonini yozdi

Baho:
+ | -2

«Real» va Germaniya terma jamoasi himoyachisi Antonio Ryudiger o‘zining tarixiy vatani — Syerra-Leonega tashrif buyurdi.

Rojdestvo bayrami munosabati bilan yuzaga kelgan ta’til paytida futbolchi bir haftaga Syerra-Leonega — onasining vataniga xayriya maqsadida keldi. Mamlakatda bo‘lgan vaqtda Ryudiger Fritaunda imkoniyati cheklangan insonlar uchun ehson dasturxonini yozdi. Ushbu tadbirda 200 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi, unda issiq ovqat va birinchi ehtiyoj buyumlari tarqatildi.

«Men musulmon bo‘lishim mumkin, lekin men uchun bu din masalasi emas, insoniylik masalasi. Rojdestvo — muhabbat, mehr-shafqat va saxovat vaqti. Hech kim o‘zini chetga surilgan yoki unutilgan deb his qilmasligi kerak. Qiyinchilikda yashayotgan insonlar bilan bir dasturxon atrofida o‘tirish men uchun juda katta ahamiyatga ega. Ko‘plab odamlar o‘zini tashlab qo‘yilgandek his qiladi. Men ularni ko‘rib turishlarini, ularning ahamiyatli ekanini bilishlarini istadim», — dedi «Real» himoyachisi.

Poytaxtda Ryudiger parasportchilar hamda imkoniyati cheklanganlar huquqlarini himoya qiluvchi faollar bilan uchrashdi. Shuningdek, u Germaniyaning Syerra-Leonedagi elchisi Paskal Rixterga o‘z jamg‘armasining mahalliy hokimiyatlar bilan, xususan, ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida hamkorlik qilish imkoniyatlarini o‘rganishni taklif qildi.

Shuningdek, futbolchi mamlakatning sharqiy qismida joylashgan Kono okrugiga tashrif buyurdi. Ryudiger jamg‘armasi Under Armour bilan hamkorlikda mahalliy akademiyalar va quyi ligalarda to‘p surayotgan 350 nafardan ortiq yosh futbolchini qo‘llab-quvvatladi — ularga sport formasi, yangi to‘plar va mashq anjomlari taqdim etildi. Bundan tashqari, jamg‘arma mahalliy davlat shifoxonasi uchun katta miqdorda dori-darmon ko‘rinishida xayriya qildi. Kono okrugidagi tadbirlardan biri chog‘ida himoyachi xavf guruhidagi bolalar, asosan qizlar bilan uchrashib, ularning ta’lim olishiga yordam berishini, o‘qish uchun barcha zarur sharoitlarni ta’minlashga va’da berdi.



Qayd etilishicha, Ryudiger Syerra-Leonega xayriya tashrifi bilan uchinchi bor kelmoqda.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 09:14, 02.01.2026.
O'qildi: 2199 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.