Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Ibrohim Yo‘ldoshev: «Andijon» a’zosi ekanligimdan xursandman»

Ibrohim Yo‘ldoshev: «Andijon» a’zosi ekanligimdan xursandman»

Baho:
+ | -

Qishki seleksiya jarayonida «Burgutlar» safiga qo‘shilgan va yangi shartnoma imzolagan futbolchilar orasida Ibrohim Yo‘ldoshev ham bor.

26 yoshli iqtidorli himoyachi bor e’tiborini «Andijon» bilan muvaffaqiyatlarga erishishga qaratgan. Yo‘ldoshev ilk bor «Andijon» matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Ibrohim, «Andijon» klubiga xush kelibsiz. Yangi jamoa tanlovida muzokaralar qanday kechdi?

— Aytarli noodatiy jarayon bo‘lmadi. Samvel Vyacheslavovich qo‘ng‘iroq qildi. Jamoada ko‘rishni istashini bildirdi. So‘ngra Elbek aka aloqaga chiqdi. Ko‘rishdik, gaplashdik. Elbek aka jamoaning maqsadlarini aytdi, menga manzur bo‘ldi. OKMK bilan shartnomam borligi sababli Mirjalol Qo‘shoqovich bilan ko‘rishib, xohish va istagimni bildirdim. Kelishgan holda OKMKni tark etdim va «Andijon» bilan shartnoma imzoladim. Alohida ta’kidlab o‘tmoqchimanki, OKMK rahbariyatini shartnomam bo‘la turib meni xohish va istagimni inobatga olib, men tomonga yon bosishgani uchun rahmat aytmoqchiman. «Andijon» a’zosiga aylanganimdan xursandman.

— Bilamizki, ilgari ham Samvel Babayan bilan birga ishlagansiz va yana yo‘llaringiz kesishdi. Babayan bilan ishlashda sizga eng yoqadigan jihati nimada?

— Yuqori ambisiya va maksimum ishga bo‘lgan sadoqat.

— 2025 yil siz uchun nimasi bilan yodda qoldi va 2026 yildagi asosiy vazifangiz qanday?

— O‘tmish o‘tib ketdi. Kelajak hali kelmadi. Bugun o‘z ishimni sidqidildan bajarib ertangi kunga tayyor bo‘lish.

— Yangi mavsumda intriga juda baland bo‘lishi kutilmoqda. «Andijon» ham medallar uchun kurashadi. Bu yo‘lda siz ham jamoaning bir bo‘lagiga aylanasiz. Shunday ekan, nima kutyapsiz?

— Muxlislar to‘la stadion va har bir g‘alabani ishqibozlarimiz bilan nishonlash. Andijon xalqini xursand qilish. Bular eng muhimi.

— «Burgutlar»ga o‘tishingiz faoliyatingizda nimani o‘zgartiradi, deb o‘ylaysiz?

— Hammasi yaxshilikka. Buni ham bir hikmati bor. Boya aytib o‘tganimdek, bugun men «Andijon» jamoasi a’zosi ekanimdan xursandman.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 21:34, 02.01.2026.
O'qildi: 1140 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.