Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

«Tottenxem» Brennan Jonsonning «Kristal Pelas»ga o‘tganini e’lon qildi

«Tottenxem» Brennan Jonsonning «Kristal Pelas»ga o‘tganini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Tottenxem»ning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida 24 yoshli qanot hujumchisi Brennan Jonsonning «Kristal Pelas»ga ko‘chib o‘tganini ma’lum qildi. Avvalroq jurnalist Fabrisio Romano «bүrgutlar» vinger uchun 33,5 mln funt (38,5 mln yevro) to‘lashini xabar qilgan edi.

«24 yoshli uelslik futbolchining nomi o‘tgan mavsumdagi Yevropa ligasi UYEFA finalida g‘alaba golini urgan o‘yinchi sifatida klub tariximizga abadiy yozilib qoladi. Uning aniq zarbasi Bilbaoda bo‘lib o‘tgan «Manchester Yunayted»ga qarshi bahsda yagona gol bo‘ldi va aynan shu gol orqali biz g‘alaba qozondik.

Brennanga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz va kelajakda unga omad tilaymiz», — deyiladi London klubi xabarida.

Jonson 2023 yil sentyabridan beri «Tottenxem» safida to‘p surib kelar edi. Shu vaqt mobaynida hujumchi barcha musobaqalarda 106 ta uchrashuvda ishtirok etib, 27 ta gol va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati €35 mlnni tashkil etadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:57, 02.01.2026.
O'qildi: 888 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.