Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Borussiya" D yarim himoyachisi yana Angliyaga qaytdi

"Borussiya" D yarim himoyachisi yana Angliyaga qaytdi

Baho:
+ | -

"Brayton" Dortmundning "Borussiya" klubidan yarim himoyachi Paskal Gross transferini e’lon qildi. Shartnoma 2027 yilgacha mo‘ljallangan. U "Brayton" safida 30-raqam ostida harakat qiladi.

34 yoshli germaniyalik futbolchi 2017-2024 yillarda to‘p tepgan ingliz klubiga qaytdi. U "Brayton" safida barcha musobaqalarda 261 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol urgan va 53 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Joriy mavsumda Gross "Borussiya" safida barcha musobaqalarda 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:32, 03.01.2026.
O'qildi: 664 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик