Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

«So‘g‘diyona» Turkiyada bir oylik yig‘in va 8ta o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi

«So‘g‘diyona» Turkiyada bir oylik yig‘in va 8ta o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi

Baho:
+ | -

2026-yilgi mavsumda yuqori maqsadlarni ko‘zlagan «So‘g‘diyona» futbol klubi yangi mavsumga puxta va reja asosida tayyorgarlik ko‘rishni boshladi.

Jamoa qishki o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini bir necha bosqichda o‘tkazib, jismoniy va taktik jihatdan to‘liq shakllanishni maqsad qilgan.

Tayyorgarlikning dastlabki bosqichi 10–20-yanvar kunlari Jizzax shahrida tashkil etiladi. Ushbu davrda futbolchilarning umumiy jismoniy holatini tiklash va asosiy yuklamalarga tayyorlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Shundan so‘ng, 21-yanvardan 20-fevralga qadar jamoa Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini davom ettiradi. Antaliyadagi yig‘in yuqori intensivlikdagi mashg‘ulotlar, taktik ishlanmalar va raqobatbardosh o‘yinlar bilan ajralib turadi.

Mazkur yig‘in doirasida «So‘g‘diyona» bir qator xorijiy jamoalarga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Ushbu bellashuvlar yangi mavsum oldidan jamoaning o‘yin tizimini mukammallashtirish, futbolchilarning musobaqa ritmiga kirishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘rtoqlik uchrashuvlari jadvali:

23-yanvar — «So‘g‘diyona» — «Spartak Subotisa» (Serbiya)
29-yanvar — «So‘g‘diyona» — «Sileks» (Makedoniya)
1-fevral — «So‘g‘diyona» — «Chelyabinsk» (Rossiya)
4-fevral — «So‘g‘diyona» — «FK Altay» (Qozog‘iston)
10-fevral — «So‘g‘diyona» — «Rustavi» (Gruziya)
13-fevral — «So‘g‘diyona» — «FK PARI» (Rossiya)
16-fevral — «So‘g‘diyona» — «Dinamo Batumi» (Gruziya)
19-fevral — «So‘g‘diyona» — «FK Fakel» (Rossiya)


«So‘g‘diyona» matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcsogdianauz
Kiritildi: 23:42, 05.01.2026.
O'qildi: 862 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик