"Yuventus"ning sobiq futbolchisi Alessio Takkinardi "Inter"ning "Bolonya" ustidan qozongan ishonchli g‘alabasidan yaxshi taassurot olganini tan oldi. U jamoani "bu mavsumdagi eng yaxshi "Inter" deb atadi.
"Bu mavsumdagi eng yaxshi "Inter"ni ko‘rish mumkin edi. Men buni birinchi o‘yin kunidan beri aytib kelmoqdaman - "Inter"da eng yaxshi tarkib, eng yaxshi futbol va super mutaxassis bo‘ladigan murabbiy bor", dedi Takkinardi.













