Krishtianu Ronaldu "An-Nasr"ning tarkibni kuchaytirish borasidagi sa’y-harakatlarida faol ishtirok etmoqda.
Bu matbuotda keng yoritilgan. Fichajes nashrining xabar berishicha, 40 yoshli Ronaldu "An-Nasr"ni "Real Madrid" futbolchisi Antonio Ryudiger bilan shartnoma imzolashga undagan.
Ronaldu Ryudiger jamoaning o‘yin sifatini yaxshilashiga ishonadi. Antonio Ryudigerning "Real Madrid" bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.













