Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

"Barselona" Reshfordni sotib olmaydi, "MYU" futbolchini qaytarmoqchi

"Barselona" Reshfordni sotib olmaydi, "MYU" futbolchini qaytarmoqchi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning "Barselona" klubi angliyalik futbolchi Markus Reshfordni ijara muddati yakunlangach, "Manchester Yunayted"dan sotib olishni rejalashtirmayapti. "Ko‘k-anorranglilar" moliyaviy sabablarga ko‘ra futbolchidan voz kechishga qaror qildi - ularda to‘laqonli transfer uchun pul yo‘q, deb yozadi Sport.es nashri.

"Manchester Yunayted" Reshfordni o‘z safiga qaytarishga umid qilmoqda. Bir kun avval klub Markusni rejalariga kiritmagan murabbiy Ruben Amorimni iste’foga chiqargan edi. Yangi murabbiy qo‘l ostida Reshford tarkibda mustahkam o‘rnashib olishi mumkin, deb hisoblamoqda "MYU" rahbariyati.

Markus Reshford "Barselona" safida 2025 yilning iyulidan buyon ijara asosida to‘p tepib kelmoqda. "Ko‘k-anorranglilar" safida barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda u yettita gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:09, 07.01.2026.
O'qildi: 3133 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик