Kirish Ro'yxatdan o'tish

Given: "Frank yaxshi ko‘rinmayapti"

Given: "Frank yaxshi ko‘rinmayapti"

Baho:
+ | -

"Nyukasl" va "Manchester Siti" klublarining sobiq darvozaboni Shey Given "Tottenxem" ustozi Tomas Frank bilan sodir bo‘layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatmoqda.

"Frank juda yomon ko‘rinyapti, u tabassum qilmayapti. Mana, top-klubda ishlash nima qiladi. U xotirjam uyga borib, sakkiz soat uxlay olmaydi, tun bo‘yi to‘lg‘anib, qiyin o‘ylardan uyg‘onishi, keyingi mashg‘ulot, o‘yin, inqirozdan chiqish yo‘llarini o‘ylashi kerak bo‘ladi", - deya sobiq darvozabonning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.

"Tottenxem" Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida o‘n to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 07:09, 08.01.2026.
O'qildi: 523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.