Kirish Ro'yxatdan o'tish

Deku ter Shtegenning holatiga izoh berdi

Deku ter Shtegenning holatiga izoh berdi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning "Barselona" klubi sport direktori lavozimida ishlab kelayotgan futbol funksioneri Deku jamoaning germaniyalik darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenning jarohatiga izoh berdi.

"Mark-Andre tizzasida noxush sezgilarni his qildi. U xavotirda edi, chunki u ilgari ham shunday jarohat olgan edi. Ammo jiddiy hech narsa yo‘qligidan hammamiz xursandmiz," - deya funksionerning so‘zlarini keltiradi Sport.es.

33 yoshli darvozabon "ko‘k-anorranglilar" safida 2014 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027/2028 yilgi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi. Ter Shtegenning bozor narxi yetti million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 12:24, 08.01.2026.
O'qildi: 550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик