Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Otabek Boymurodov — «Surxon» futbolchisi

Otabek Boymurodov — «Surxon» futbolchisi

Baho:
+ | -

«Surxon» tarkibini yosh va iqtidorli futbolchilar bilan kuchaytirishda davom etmoqda. Futbol klubi 22 yoshli darvozabon Otabek Boymurodov bilan shartnoma imzoladi.

Otabek U-20 Osiyo chempioni hamda 2023 yilda yurtimizda bo‘lib o‘tgan turnirning eng yaxshi darvozaboni hisoblanadi. Qit’a birinchiligidagi muvaffaqiyatli ishtirok unga Argentinada o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashish imkonini berdi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 1/8 final bosqichigacha yetib bordi.

Shuningdek, Boymurodov O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi safida Osiyo o‘yinlarining bronza medali sovrindori bo‘lgan.

Klub miqyosida Otabek «Paxtakor» va «Buxoro» jamoalari sharafini himoya qilgan.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 20:52, 08.01.2026.
O'qildi: 1146 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик