Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Marokash terma jamoasi hujumchisi Brahim Dias Afrika millatlar kubogida noyob rekord o‘rnatdi

Marokash terma jamoasi hujumchisi Brahim Dias Afrika millatlar kubogida noyob rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

Marokash terma jamoasi hamda «Real» klubi hujumkor yarim himoyachisi Brahim Dias Afrika millatlar kubogi tarixiga kirdi. 26 yoshli futbolchi musobaqaning final bosqichida ketma-ket beshta o‘yinda gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

Joriy Afrika millatlar kubogida Dias marokashliklar ishtirok etgan har bir bahsda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi: guruh bosqichida Komor orollari (2:0), Mali (1:1) va Zambiya (3:0) darvozalariga bittadan gol urdi. Keyin esa 1/8 finalda Tanzaniyaga qarshi bahsda (1:0) va chorak finalda Kamerun bilan o‘yinda (2:0) ham gol muallifi bo‘ldi. Ushbu golli seriya Marokashning yarim finalga chiqishida muhim rol o‘ynadi. Bu bosqichda jamoa Jazoir — Nigeriya juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Ma’lumot uchun, Brahim Dias Ispaniyada tug‘ilgan, Ispaniya yoshlar terma jamoalari safida o‘ynagan va milliy jamoa uchun o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham ishtirok etgan. Biroq 2024 yilda u sport fuqaroligini o‘zgartirib, otasining Vatani hisoblanmish Marokash terma jamoasini tanladi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:05, 10.01.2026.
O'qildi: 3687 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик